Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalari qachon tiklanishini ma’lum qildi

Isroil bilan savdo aloqalari butunlay to‘xtatilganidan bir hafta o‘tib, Turkiya savdo vaziri ikki tomonlama savdo aloqalari qachon tiklanishiga aniqlik kiritdi.

Unga ko‘ra, Turkiyaning Isroil bilan savdoni to‘xtatish qarori G‘azoga hujumlar to‘xtatilgunga qadar o‘z kuchida qoladi.

Vazirning qayd etishicha, Turkiyaning cheklovlarni yumshatishi haqidagi Isroilning bayonotlari uydirma.