Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialining suratga olish ishlari boshlandi

Turkiyaning “Bo‘zdag‘ film” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan ko‘p qismli film rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul. Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilon qurilgan. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.