Turkiyalik investor ishtirokida Samarqandda sayyohlik majmuasi qurilishi mumkin
Istanbul shahrida turkiyalik yirik tadbirkor Rashid Xon O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari bilan uchrashuvda bu bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.
Uchrashuvda mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Turk tadbirkoriga O‘zbekistonda xorijiy investor uchun ishbilarmonlik muhiti, logistika va boshqa imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan. Mamlakatimizda sanoat, transport, energetika, turizm va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar ta’kidlangan.
Uchrashuv yakunida tomonlar Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish to‘g‘risida kelishib olingan.