“Turonbank” Samarqand filiali jismoniy shaxslar uchun kredit qaytarilishi muddatlarini uzaytirdi
“Turonbank” tomonidan koronavirus infeksiyasi karantini munosabati bilan jismoniy shaxs qarzdorlarning kredit to‘lovlari (kredit grafigi va foizi) to‘lovlarini 2 oy muddatga kechiktirdi.
Bunda:
- qarzdorlik qoldig‘i 100 million so‘mdan kam bo‘lgan barcha kreditlar (iste’mol krediti, ta’lim krediti, avtokredit, ipoteka krediti, overdraft, mikroqarz va hokazo) uchun taalluqli;
- mijozning bankka murojaat etishi talab etilmaydi, jarayon avtomatik tarzda amalga oshiriladi;
- 2020 yilning aprel va may oylari to‘lovlari kredit shartnomasi oxirgi sanasidan ikki oy muddatga uzaytiriladi.
Ma’lumot sifatida 763 nafar mijozlarning kedit to‘lovlari uzaytirilayotganligini ma’lum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, muddat uzaytirilishi qarzdorni kredit bo‘yicha hisoblanadigan foizlarni to‘lash majburiyatidan ozod etmasligini hamda ushbu amaliyot bank oldida 2020 yil 1 mart sanasiga qadar kechiktirilgan qarzdorliklari mavjud mijozlarga joriy etilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 93 246-82-82, 94 474-20-73