Tut urush yillari odamlarga hayot bergan

Samarqand tumanida yashovchi Gulchehra Davronova: "Urush yillaridan keyingi davrda yosh bola edik. Ocharchilik sezilardi, o‘shanda tut yeb, hayot saqlaganmiz".

Samarqand tumanidagi “O‘rta Turkman” mahalla fuqarolar yig‘inida 618 ta xonadon bo‘lib, ularda mingdan ortiq tut daraxti bor. Aholi tutdan mayiz, shinni, talqon qiladi. Ro‘zg‘ordan ortganini bozorga chiqarib sotadi.

Shu mahallada yashovchi Shirin Bo‘ronova, Manzura Asrorqulova, Dilbar Pardayeva kabilar xonadonlaridagi tutni sotib, oyiga 1,5 million so‘mgacha daromad qilmoqda.
Mahallada tut daraxtining ko‘pligi sabab bir vaqtlar ushbu hududda 2 ta katta pillaxona bo‘lgan. Hozirgi kunda ham aholi xonadonlarida 70-80-yillik va undan yosh tut daraxtlari saqlanib, parvarish qilib kelinmoqda.