Ugandada chaqmoq urishi oqibatida 10 nafar yosh futbolchi halok bo‘ldi
Bu haqda “LADBible” nashri mahalliy politsiya bergan xabarga tayanib ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 27 avgust kuni futbol maydonida mashg‘ulot o‘tkazayotgan yosh futbolchilar chaqmoqdan qochib, maydon yonida joylashgan uyga berkinishgan, biroq chaqmoq uyni urgan. Oqibatda 9 nafar futbolchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir nafar futbolchi kasalxonaga ketishda jon bergan. Futbolchilarning yoshi 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganligi aytilmoqda.
Mahalliy politsiyada ro‘y bergan hodisani “juda ayanchli va qayg‘uli”, deb atadi. Mamlakat favqulodda vaziyatlar vaziri Musa Ekveru bolalar berkingan uyga chaqmoqdan himoya qilish uskunasini o‘rnatmagan muhandislar hodisa aybdorlari ekanligini ma’lum qildi.