“Ukrainaga zudlik bilan Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi berilsin”

Kecha, 16 iyun kuni Kiyevga tashrif buyurgan to‘rtta Yevropa yetakchisi Ukrainani imkon qadar tezroq Yevropa Ittifoqining bir qismi sifatida ko‘rishni xohlashini bildirdi.

Fransiya va Ruminiya prezidentlari, Germaniya kansleri va Italiya bosh vaziri matbuot anjumanida so‘zga chiqib, Ukraina Yevropa oilasining bir qismi ekanligini ta’kidladi.

- Ukrainaning YeIga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlanishi kelishilgan va umumiy qat’iy pozitsiyamizning asosiy ifodasidir, - dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. - Shu paytgacha davom etganidek, Yevropa tarixi sizning Ukraina intilishlariga ijobiy munosabatingizni kuchaytiradi. Ukrainaga ittifoqqa nomzod maqomi berilishi Yevropada erkinlikni mustahkamlashga yordam beradi, XXI asrning birinchi uchligida Yevropa Ittifoqining asosiy qarorlaridan biriga aylanadi.

Bugun Yevrokomissiya Ukrainaga nomzod maqomini berish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini e’lon qilishi kerak. Rasmiy qaror kelasi payshanba va juma kunlari 27 davlat va hukumat rahbarlari tomonidan Bryusseldagi sammitda qabul qilinadi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron: "Biz to‘rtalamiz Ukrainaga zudlik bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Kelishib olganimizdek, ushbu maqom aniq “yo‘l xaritasi” bilan birga bo‘ladi hamda G‘arbiy Bolqon va mintaqada, xususan, Moldovadagi vaziyatni hisobga oladi", dedi.

Fransiya prezidenti mamlakati Ukrainaga allaqachon yetkazib berilgan 12 ta o‘ziyurar artilleriyadan tashqari yana oltita CAESAR o‘ziyurar artilleriya moslamalarini yetkazib berishini tasdiqladi.

"Ukrainaning Yevroittifoqqa ehtimoliy qo‘shilishi Rossiya manfaatlariga javob bermaydi", dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya o‘z navbatida payshanba kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.