Umra mavsumi qachondan boshlanadi?

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qildi.
Haj-umra markazi tomonidan 30 yildan ortiq amaliy tajriba asosida ziyoratchilar uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
Uzbekistan Airways’ning Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;
3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;
"Jidda – Madina"," Madina – Makka" va "Makka – Jidda" yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal ovqatlanish;
Madina shahrida Nabaviy masjidi, Ravza, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;
Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.
Qayd etilishicha, umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarning oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydi.