Umumiy amaliyot shifokori oilaviy shifokor bo‘ladi
Prezident farmoniga ko‘ra, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi oilaviy shifokor etib qayta nomlanadi, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi fan dasturlari oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtiriladi.
Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari va viloyat shifoxonalariga bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma bevosita oilaviy shifokor tomonidan beriladi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga imtiyozli retseptlar yozib berish bevosita oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy shifokorga yordam beradigan terapiya, pediatriya, akusherlik, patronaj bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari” tashkil qilinadi.