Urgutda “opiy” va “geroin” giyohvand moddalarini olib yurgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyat IIB jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Sariqtepa” mahallasida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina xodimlarda shubha uyg‘otgan...

Tuman IIB binosiga olib kelingan haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. tintuv qilingan vaqtda, egnidagi qora rangli sport kiyimining o‘ng cho‘ntagidan 3 dona sellofan paketga solingan oq rangli, “geroin” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar va chap cho‘ntagidan 10 dona sellofan paketga alohida-alohida qilib qadoqlangan qora rangli “opiy” giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlangan. Ushbu holat xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Viloyat IIB ekspert-kriminalistik bo‘limining ma’lumotnomalarida B.M.dan daliliy ashyo sifatida olingan 3 dona sellofan bo‘laklariga “geroin” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uni sof og‘irligi 2,96 grammga tengligi, 10 dona sellofan bo‘laklariga qadoqlangan modda “opiy” guruhiga mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain mavjudligi, bu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uni sof og‘irligi 8,69 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.