Urgut tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 19 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
13 fevral kuni Urgut, Toyloq va Samarqand tumanlari aholisi uchun Urgut shahri 149-maktab binosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik R.Ashrapov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida asosiy e’tibor murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahat berishga qaratilib, buning uchun tuman hokimligi vakillari, jamoat birlashmalari hamda tuman IIB rahbariyati qatnashishdi.
Qabul jarayonida jami 19 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 11 tasi imtiyozli uy-joy, moddiy yordam va identifikatsiya ID-kartalarini olish bo‘yicha, 1 tasi aliment pullarini undirish, 7 tasi tergovga qadar tekshirish va tergov harakatlari yuzasidan bo‘ldi. Murojaatlarning 7 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 2 tasiga huquqiy tushuncha berildi qolganlari ijroga qaratildi, 5 nafar fuqaroga identifikatsiya ID-kartalari topshirildi.
IIV huzuridagi tergov departamenti xabar berishicha (https://tergov.uz/oz/news/samarand-vilojat-urgut-tumanida-navbatdagi-sajer-abul-bulib-utdi), hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.