Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumanida o‘z otasi hamda akasining qotiliga aylangan fuqaroning jinoyat ishi muhokama qilindi

Oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida sodir etilayotgan har bir og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni yuzaga keltirayotgan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganish hamda tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi Ishchi guruh a’zolari Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

Navbatdagi o‘rganish viloyatning Urgut tumanida o‘tkazildi.

O‘rganish natijalari yuzasidan o‘tkazilgan majlisida tumanda sodir etilgan o‘ta og‘ir, ya’ni o‘z otasi hamda akasining qotiliga aylangan fuqaroning jinoyat ishi muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 6 oyida sodir etilgan qotillikning 44 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan. Ushbu jinoyatlarning 96 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘il va boshqa yaqin qarindoshlar o‘rtasida yuz bergan.