Urgutda 2019 yilda necha kishi is gazidan zaharlandi?
- 22.01.2020 10:11
- 149
- Hodisa
Urgut tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari va hamkor tashkilotlar tomonidan is gazidan zaharlanishning oldini olish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirlar davomida xonadonlarda standart talablariga javob beradigan isitish vositalaridan foydalanish, mo‘rikonlarni to‘g‘ri o‘rnatish, nosoz, qo‘lbola pechlardan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Chunki aynan shu masalalarga e’tiborsizlik oqibatida tuman hududida is gazidan zaharlanish holati 2018 yilda 2 ta (6 nafar fuqaro vafot etgan), 2019 yilda esa 1 ta (1 kishi vafot etgan) qayd etilgan.
O‘tkir JABBOROV,
Urgut tumani FVB yong‘in xavfsizligi bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘yicha mutaxassisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa