Urgutda «Damas» va «Tiko» to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Ushbu voqea 16 aprel kuni sodir bo‘ldi.

Respublika IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, voqea soat 12:40 atrofida Sariqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 68 kilometrida sodir bo‘lgan.

Avtohalokat oqibatida mashinalarda bo‘lgan 3 kishi halok bo‘lgan. Holat yuzasidan bu kabi hodisalarning oldini olishga qaratilgan muhokama o‘tkazilgan. Unda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari, tuman rahbarlari, mahalla faollari ishtirik etib, yo‘llarda ko‘ngilsiz holatlarni kamaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, ushbu mashinalar bozor hududiga olib kelinib, fuqarolarga ko‘rsatilgan.