Urgutda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan bolalarda kamyob genetik kasalliklar uchramoqda

Bu innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning «Xalq so‘zi” gazetasida chop etilgan maqolasida qayd etildi.

– Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan bolalarda juda ko‘p nasliy kasalliklar uchrashi kuzatiladi, tumanda hatto kamyob genetik kasalliklar ham uchrab turishini aniqladik. Vazirligimiz huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan tumanda diagnostik laboratoriya tashkil etyapmiz. Ushbu laboratoriyaning birinchi vazifasi bo‘lajak er-xotinlarning gistologik mosligi, genetik kasalliklarga moyilligini aniqlashdir. Shuningdek, laboratoriyada shu kabi va boshqa tekshiruvlarning tahliliga asoslangan ilmiy ishlar amalga oshiriladi – deb yozadi vazir.