Urgutda sayyor qabul

Partiya faollari, mahalliy kengashlar deputatlari hamda Urgut tumani hokimligi, mas’ul idoralar vakillari ishtirok etgan tadbirda tadbirkorlar, ishsizlar, xotin-qizlar va yoshlar bandlik, banklardan kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan mutasaddilarga murojaat qildi. Yigirmadan ortiq muammolar shu yerning o‘zida yechim topdi. O‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilandi.
 – Bu yil tumanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kollejini bitiraman, – deydi E.Hasanov. – O‘qishni tugatgach, o‘zimizning Algar mahallamizda sartaroshxona ochmoqchiman. Ushbu faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun kredit masalasida murojaat qilgandim, “Mikrokreditbank” tuman bo‘limi mas’ullari yordam berishlarini aytishdi.