Urgutda yana nega tez-tez chiroqni o‘chirishayapti?

Bizga murojaat qilishlaricha, Urgut tumanining ayrim hududlarida kunduz kunlari 2-3 soatlab chiroqni o‘chirib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Buning sababini bilish uchun ikki kundan beri tuman elektr korxonasi mutasaddilariga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmayapmiz. Kecha TETK rahbariga qo‘ng‘iroq qilganimizda "hozir ikki minutda o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman" deb telefonni uzgani bo‘yicha qayta bog‘lanib bo‘lmadi. Bugun esa qo‘ng‘iroqqa javob ham bermadi.

Ochig‘i, mana shunday holatlarda Urgut TETK rahbariyatining o‘zini tutishiga hayron qolasan, kishi. Kunduz kunlari chiroqning 2-3 soat uzib qo‘yilishiga balki sohada qandaydir ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lgandir. Balki boshqa sabab bordir? Shuni qo‘ng‘iroqqa javob berib, tushuntirish qiyin ish emasku.

Ayni shu masalada mutasaddilardan javob kutib qolamiz.

G‘ayrat Yo‘ldosh.