Urgutdagi holat nazoratga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumani Vatak mahallasida ayol go‘dak farzandini shafqatsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda qaynona kelini yosh nevaralarini doimiy ravishda kaltaklayotgani, o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqayotganini aytgan.
Holat yuzasidan Urgut tuman hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea shu kunning o‘zida tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ona hamda uning farzandining sog‘lig‘i va ruhiy holati mutaxassislar nazoratiga olingan.
Shuningdek, ushbu holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.