Uylar kattalashdi, oilalar kichraydi

⚫ Uylarimizni hashamatli qilib, baland-baland quryapmiz. Ammo oila a’zolari o‘rtasida mehr-oqibat, muruvvat kamaydi.
⚫ Tibbiyot rivojlandi. Biroq kasalliklarning turi ko‘paydi.
⚫ Odam Oyga yetib bordi. Ammo yon qo‘shnisining holidan bexabar.
⚫ Insoniyat kosmosga parvoz qilmoqda. Ammo yon qo‘shnimiz och qolayotganidan, qishda sovqotayotganidan xabarimiz yo‘q.
⚫ Pullar ko‘paydi. Ammo xotirjamlik yo‘qoldi. Uy, mashina va boshqa qimmat jihozlar sotib olyapmiz. Ammo noshukrlik bor.
⚫ Donolik yuksalib boryapti. Lekin his-tuyg‘ular kamayib ketyapti. Hamma ilmiy jihatdan o‘sib borsa-da, bir-birini, voqealarni, o‘qigan narsalarini his qilish kam.
⚫ Bilim-ma’rifat oshdi. Ammo hikmat ozaydi.
⚫ Ilm olyapmiz. Ammo ilmga amal qilish sust.
⚫ Yo‘l-yo‘lakay qo‘shilib oladigan do‘stlar ko‘p. Biroq haqiqiylari juda kam. Ko‘pchilik pul, mansab, obro‘ uchun ulfat bo‘lib olgan.
⚫ Soatlar turli dizaynda ishlab chiqarilmoqda. Ammo ko‘p narsaga vaqt topa olmaymiz.
⚫ Odamlar yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Biroq odamiylik yo‘qolib bormoqda.
⚫ Yer yuzi bo‘yicha aholi soni ortib boryapti. Ammo o‘zaro mehr, insoniylik yo‘qolib boryapti.
Nozimjon HOShIMJONOV tayyorladi.