Uyning iffati

Kampir sekin xonasidan chiqdi. Zaldan nevarasi va kelinining ovozi eshitildi:
- O‘g‘lim, dasturxon tayër, ovqatingni solib qo‘ydim, kelib yeb ol, sovub qolmasin.
Kampir zalga kirdi, qishloqdan olib kelgan ëstig‘iga suyanib, sekin o‘tirdi.
Buvisini ko‘rgan bola:
- Buvi, keling birga ovqatlanamiz, - dedi.
Kampir ma’noli shaklda uh tortib:
- Uyning erkagi kelmasidan oldin dasturxonga o‘tirilmaydi. Oldin dadang kelsin, keyin birga ovqatlanamiz inshoolloh, - dedi.
- E-e buvijon, u zamonlar o‘tib ketdi. Hozir qorni och bo‘lgan dasturxonga o‘tiradi. U kelgach o‘zi yeb oladi, - dedi kelin.
- Qizim, insonlarning odobi, haësi, iffati bo‘lganiday, uylarning ham iffati va odobi bor.
Nevaraning sabri chidamay gapga aralashdi:
- Buvijon, nima ekan bu uylarning iffati... Tushuntirib bering, men qiziqib qoldim, - dedi.
Kampir gapirishni boshladi:
- Biz kichik paytimizda onamizdan oldin dadamizning qarshisida o‘zimizni odobli tutishni o‘rganardik. Ota-onamiz uyda paytida oëg‘imizni uzatib o‘tirmasdik, kattalar gapiraëtgan paytda gapirish uchun navbat berilmaguncha gapga aralashmasdik. Kattalarimiz xonaga kirganda darrov o‘rnimizdan turib, ularga o‘tirish uchun joy berardik. Dadamiz dasturxonga o‘tirmaguncha dasturxonga qo‘l uzatmasdik.
Dadamiz kelib, “Bismilloh”ni aytar, “Qani olinglar”, derdi. Shundan keyin hammamiz ovqat yeyishni boshlardik. Ovqat yeb bo‘lgach, aka-ukalar navbat bilan ovqat duosini o‘qirdik. Oilaviy yeyilgan ovqatdan lazzatli ovqat bormi bu dunëda? Bu dasturxon odobidir, o‘g‘lim.
- Bunchalik bosim ostida depressiyaga tushmasmidingiz, buvijon?
- Yo‘q, bizning zamonamizda hurmat bo‘lgani uchun sevgi abadiy edi. Sevgi bor bo‘lgach depressiyaga tushgan odam bo‘lmas edi. Ovqatlar lazzatli, uyqular orom beruvchi edi. Bilasanmi, men depressiya degan so‘zni birinchi marta bu yerda eshitdim. Qishlog‘imizda hamma “Ibrohim jinni” deydigan bittasi bor edi. Hattoki u shu daraja baxtli odam ediki, buni tushuntirib bera olmayman.
Kech kirguncha bolalar bilan ko‘chada o‘ynar, qorni och bo‘lganda eshikni taqillatib, “Opa, och bo‘ldim, ovqat ber”, derdi. Qaysi eshikni taqillatsa ham bo‘sh qaytmas edi. Sartarosh sochini olar, hammomchi yuvintirib qo‘yardi.
Juma kunlari uni namozga olib ketishardi. Uni hech kim yakkalamas edi. Hozir hech bir narsaga hurmat qolmadi. Hatto bu shaharda uylarga ham hurmat yo‘q. Kech kirganiga qaramasdan hech kim pardalarni tushirmaydi, uyning ichi ko‘rinib turadi, lekin hech kim uyalmaydi. Biz kun qoraya boshlashi bilan qalin pardalarni ëpar, keyin chiroq ëqardik. Hatto parda ëpiq holatda ham kiyim almashtirishga uyalar edik, oldin chiroqni o‘chirib, keyin kiyim almashtirardik. Tashqaridan soyamiz ko‘rinishi mumkinligini o‘ylab yuzimiz qizarib ketar edi.
Shu payt kelin o‘tirgan yeridan turdi, istar-istamas zalning pardalarini ëpdi.
- Uyning odobi pardasi ëpilib ëpilmaganidan bilinadi, der edi ota-bobolarimiz.
Uylar katta devorlar bilan o‘ralgan hovlilarning ichida bo‘lishiga qaramasdan hech kim ichki kiyimlarini o‘rtada osib qo‘ymas edi, hatto uy ichidagilardan uyalishardi. Men kichkinaligimda ishtonimni eng old tomondagi ipga osgan ekanman. Darrov onam kelib “Qizim, bugun dadang hovliga chiqdi. Sening loziming osilib turgan edi. Uyalganimdan yer ërilmadi yerga kirmadim. Bundan keyin bunaqa joyga osma. Eng orqadagi ipga osib qo‘y. Ustiga bir narsalar ëpib qo‘yki, ostidagi ko‘rinmasin.
Iffatimiz, odobimiz ketsa, imonimiz qolmaydi. Men u paytda 12 ëshlarimda edim. Onam menga bu gaplarni aytarkan uyalganimdan yerga kirib ketay dedim. Hozir shunaqami? O‘tgan kun ozgina toza havodan nafas olay deb balkonga chiqdim. Ro‘paradagi qo‘shni ipga barcha kiyimlarini osib qo‘ygan ekan, uyalganimdan uyga qaytib kirdim.
Bugun ovqatlar tashqarida yeyilyapti, “ko‘z haqi” bo‘layapti, hech kim buni e’tiborga olmayapti. Bozordan olingan narsalar har xil chiroyli paketlarda uyga olib kelinyapti, buni olishga qurbi yetadiganlar bor, qurbi yetmaydiganlar bor. Ko‘z haqi bo‘ladi bu yeyiladigan ovqatlarda...
Yorqinoy ona.