UzAuto Motors Chevrolet Lacetti, Malibu va Tracker avtomobillarini lizingga taklif etadi

UzAuto Motors kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni va Qurbon hayiti bayramlari bilan tabriklaydi va maxsus aksiyani e’lon qildi.

2019 yil 5 avgustdan 1 sentyabrga qadar UzAuto Motors, "O‘zavtosanoat-Lizing" bilan hamkorlikda, 1 pozitsiyali va GBJli Chevrolet Lacetti, Malibu va Tracker avtomobillarini lizingga taklif etadi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, xaridorlar ushbu modellarni 13 oyga yillik 2 foizga lizingga olishlari mumkin.

Boshlang‘ich to‘lov Malibu va Tracker avtomobillari uchun 50 foiz, 1- pozitsiyali va GBJli Chevrolet Lacetti uchun 70 foizni tashkil qiladi.

Qayd etish o‘rinliki, bu aksiya faqat yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin:

"O‘zavtosanoat-Lizing" kompaniyasi: 781133151, 977018317, 977018348.

UzAuto Motors call-markazi: 781417777

Kompaniya avtomobillar xarid qilishda xaridorlarga qulaylik taqdim etish borasidagi ishlarni davom ettiradi.