UzAuto Motors “Tracker” va “Malibu” avtomobillari uchun yangi taklif bilan chiqdi

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga muddatli to‘lov shartlari asosida Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarining egasiga aylanishni taklif qiladi.

Agar Sizda ushbu avtomobillarning 50 % to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lsa, uning qolgan summasini 2 yil davomida belgilangan chakana narxlarda (foizsiz!) to‘lab, mazkur aksiyadan foydalanishingiz mumkin. Agar istasangiz avtombilning qolgan summasini muddatidan oldin to‘lash uchun ham hech qanday cheklovlar ham yo‘q.

Avtomobilni rasmiylashtirishning tezkorligi asosiy afzalliklardan biridir. Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun avtomobilingizni majburiy sug‘urta qilishingiz lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, avtomobilga 100 foiz to‘lov amalga oshirgan xaridor chegirmadan foydalangan holda mazkur avtomobillarni quyidagi narxlarda xarid qilishi mumkin:

Tracker MT - 165 mln. so‘m

Tracker AT - 190 mln. so‘m

Malibu Turbo 1,5 - 250 mln. so‘m.

Aksiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Aksiya joriy yilning 18 dan 30 sentyabrigacha amal kiladi.

Kompaniya avtomobillar soni chegaralangani, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulayliklar yaratishda davom etishini bildirgan.

Mazkur aksiyalarning shartlari o‘zaro va boshqa maxsus takliflarga aloqador emas.