Dunyodagi g‘alati to‘y an’analari

Dunyoda har bir mamlakatning o‘ziga xos an’analari va urf-odatlari bo‘lgan 4 mingga yaqin millat va elatlar bor. Yaponiya, Hindiston, Meksikada to‘ylar qanday o‘tkazilishiga qiziqasizmi? Unda “Moya-planeta.ru bilan birgalikda dunyomizning eng noodatiy to‘y an’analarini o‘rganib chiqamiz.

Braziliya

Kelin to‘yga kechikib kelishi shart. U kuyovdan oldin bayramga kela olmaydi, guvohlar ham oldindan tanlanmaydi. Ularni to‘y kunimehmonlar orasidan tanlab olinadi. Odatda, har ikki tomonda uchtadan odam, lekin ba’zida ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Ilgarilari bunday tanlovyovuz ruhlar e’tiborini yangi turmush qurganlardan chalg‘itishiga ishonilgan.

Hindiston

Mabodo baxtingiz ochilmasa-yu, siz haqiqatan ham turmushga chiqmoqchi bo‘lsangiz, zudlik bilan ushbu mamlakatga sayohat sotib oling. Hindistonda o‘zingiz yoqtirgan kuyovni o‘g‘irlash va yashirin nikoh marosimini o‘tkazish odat tusiga kiradi.

Meksika

Biz myeksikaliklarni ehtirosli, quvnoq, hayrixohkishilar deb tasavvur qilamiz. Qanday qilib bunday odamlarning to‘ylari raqssiz o‘tishi mumkin? Poshnasi baland poyabzallarda raqsga tushish noqulay bo‘lishi bois, yangi turmush qurganlar o‘z mehmonlari uchun tapochkalar sotib olib qo‘yishadi.

Keniya

Bu mamlakatda birovga qarab tupurish hurmat belgisidir. Hech qanday muhim voqea bunday“qiliq”siz sodir bo‘lmaydi. Uy sotib oldingiz yokifarzandli bo‘ldingiz - marhamat tupurik qabul qilib olishga tayyor turing. Kelinning boshidagi sochlari tarashlab olinadi va to‘yga kelgan qarindoshlar uni boshiga tupurib tashlaydi. Bu harakatlari bilan ular yangi turmush qurganlargabaxtli hayot tilab qolishadi.

Xitoy

Xitoydagi Tujia xalqi to‘ydan oldin bo‘lajakkelinlardan qarindoshlari va do‘stlari sovg‘alar bilan kelganlarida yig‘lab kutib olishni talab qiladi. Qizlar bolalikdan bu an’anaga tayyorlanadi. Yig‘lash ota-onasi uyidagi hayot bilan xayrlashish va ularning g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirish ramzi bo‘lib,ilgarilari bo‘lajak kelin marosimdan bir oy oldin yig‘lay boshlar edi.

Kongo

Bu yurtda to‘ylar jiddiy yuz bilan o‘tkaziladi. Marosim paytida kulish va tabassum qilish taqiqlanadi.

Yaponiya

Qizlar to‘yda kiyiladigan kamida uch xil kiyimni o‘ylab chiqishlari kerak. O‘zgarishlar kiyim, soch va bo‘yanish bilan bog‘liq. Kiyimlarni almashtirish bu mamlakat to‘ylaridagi muhim an’analardan biridir. Dastlab, kelin kiyadigan oq kimono, qizning pokligi va bokiraligini anglatadi.

Ziyofatda esa kelin rangli kimonoda paydo bo‘ladi. Shu tariqa u yangi oilaning ziynati bo‘lishini ko‘rsatadi. Bayramning yakuniy qismida qiz yuzpardali Yevropa kiyimida chiqadi.