Uzbekistan Airways Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportiga parvozlarni to‘xtatadi, reyslar yangi Istanbul New Airport’ga ko‘chiriladi

2019 yil, 7 apreldan Uzbekistan Airways’ning Istanbulga uchadigan barcha reyslari Otaturk xalqaro aeroportidan Istanbulning yangi aeroporti Istanbul New Airport’ga ko‘chiriladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi aeroport Istanbuldan 35 kilometr shimolda joylashgan.

7 aprel, 2019 yil sanasidan boshlab Otaturk xalqaro aeroporti yo‘lovchi reyslar uchun yopiladi. 5-6 aprel kunlari esa Turkiya aviatsiya rasmiylari qarori bilan mazkur aeroportga va bu yerdan barcha xalqaro reyslar bekor qilingan.

Shu bois:

5 aprel kuni HY271/272, HY273/274, HY275/276;

6 aprel kuni HY271/272, HY273/274 reyslari bekor qilindi.

Ushbu reyslarga chipta xarid qilgan yo‘lovchilarga ularni qaytarish yoki uchish sanasini qo‘shimcha to‘lovlarsiz o‘zgartirish imkoniyati beriladi.