Uzluksiz ta’lim istiqbollari
Shu asosda Prezidentimizning 2017 yil 14 martdagi "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qarorlarni hayotga tatbiq etish maqsadida joriy yilning 22-23 dekabr kunlari Samarqand davlat universitetida respublikamizning oliy ta’lim va ilmiy muassasalari olimlari, professor-o‘qituvchilar, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning yetakchi o‘qituvchilari ishtirokida "Uzluksiz ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjumanning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, pedagogikaning nazariyasi va uslubiyati muammolari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar tomonidan mavzuga doir taklif va tavsiyalarni umumlashtirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini hamda fanlarni o‘qitishning yangi innovatsion-pedagogik texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va muammolarni keng muhokama qilish hamda uzluksiz ta’lim tizimi bo‘g‘inlari orasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish ham anjumandan kutilayotgan asosiy maqsaddir.
Anjuman qatnashchilari "Uzluksiz ta’lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari", "Ta’limda chet tillarni o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar", "Uzluksiz ta’limda innovatsion texnologiyalar hamda elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va ulardan samarali foydalanish", "Hamkorlik doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlar" kabi sho‘’balarda ma’ruza o‘qishadi.
Dolzarb mavzularda qilingan ma’ruzalar matni anjuman materiallari to‘plamiga kiritiladi, ilg‘or tajribalar, loyihalar ta’lim tizimiga tatbiq etiladi. Ta’lim muassasalaridagi dars va mashg‘ulotlar samaradorligini yanada oshirishga doir ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari yuzasidan ilmiy-nazariy fikrlar, taklif va mulohazalar muhokama etilib, ma’lum xulosalarga kelinadi.