Uzoq umr ko‘ruvchilarning ovqatlanish odati

Uzoq umr ko‘rayotganlar ko‘p narsalarni boshdan kechirishgan – oddiy grippdan ham, parranda va cho‘chqa grippini ham yengib o‘tishgan. Dunyoning turli burchaklarida yashayotgan uzoq umr ko‘ruvchilarga xos bo‘lgan bir umumiy jihat bor, deb yozadi «Mir novostey» (2929 yil, 390-son) haftanomasi.
✦ Uzoq umr ko‘ruvchilar odatda kam yeyishadi. Ular orasida Kavkazda ham, Xitoy, Yaponiyada ham semiz kishilarni ko‘rmaysiz. Dasturxonga bir kunda 3-4 marta o‘tirishadi, ovqat porsiyalari uncha ko‘p emas. Dasturxondan rosa to‘yib turishmaydi.
✦ Mahsulotlarni hech qachon sovutkichda saqlashmaydi. Yangiligicha, vitaminlarini saqlagan holda tayyorlagan zahoti iste’mol qilishadi.
✦ Go‘shtni kam yeyishadi.
✦ Jahonning har qanday uzoq umr ko‘ruvchisining dasturxonida, xoh yapon, xoh fransuz, xoh kavkazliklar bo‘lsin, doimo ko‘katlar juda ko‘p. Ularning quritilgani ham milliy masalliqlar asosini tashkil etadi. Bog‘lardan, tog‘lardan saralab terib quritilgan xushbo‘y o‘t-o‘lanlar juda mazali. Ularni yoshlikdan iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimini keksalikda ham bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi.
✦ Uzoq umr ko‘ruvchilar shakar, konfet o‘rniga asal, meva qoqilar iste’mol qilishadi. Dasturxonda hech qason sof tuz qo‘yilmaydi. Uning o‘rniga sarimsoqpiyoz, yangi barragina ko‘katlar, sabzavotdan tayyorlangan sous-qayla qo‘yiladi.
✦ Dasturxonda, ratsionda ko‘p yangi sabzavot va mevalar bo‘ladi. Bug‘doy non o‘rniga odatda jo‘xori, makkajo‘xori yormasi, ularning unidan tayyorlangan kulchalar iste’mol qilishadi.
✦ Uzoq umr ko‘ruvchilar iste’mol qilinadigan suvga ayniqsa, katta e’tibor berishadi. Buloq suvi eng toza va mazali hisoblanadi. Ovqatlanayotganda buloq suvi qaynatilmasdan iste’mol qilinadi.
T.ShOMURODOV tayyorladi.