Uzrli sabab bilan testda ishtirok etmagan abituriyentlarning to‘lovi qaytariladi
DTM xabariga ko‘ra, 2 toifa abituriyentlarga to‘lov qaytariladi:
➖ dastlab test sinovlari o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan, keyinchalik esa tanlagan ta’lim yo‘nalishini to‘liq ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishga o‘zgartirgan abituriyentlarning yoki shu kabi to‘lovni noto‘g‘ri amalga oshirganlarning to‘lovlari hozirgi kunda DTM tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda;
➖ test sinovlaridan so‘ng uzrli sabablarga ko‘ra, test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning to‘lovlari qaytariladi.