Vadim Abramov rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadigan tarkibni tanlab oladi
2 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig‘inga kirishadi, deya xabar berdi O‘FA.
Ushbu yig‘in oldidan yangi murabbiylar shtabi tomonidan kengaytirilgan tarkib e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan 28 futbolchi hozirda yangi murabbiylar shtabining kuzatuvi ostida. Dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi o‘yinlardan so‘ng futbolchilarning jismoniy holati o‘rganib chiqiladi va ular terma jamoa yig‘iniga kirishadi.
Yig‘in natijasiga ko‘ra, bevosita rasmiy uchrashuvlar qaydnomasiga kiritiladigan futbolchilar tanlab olinadi.