Vakant lavozimlarga o‘tkazilayotgan ochiq mustaqil tanlovlar qay tartibda tashkil etilyapti?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali tashabbusi bilan Samarqand shahrida hududiy va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari va kadrlar ishiga mas’ul xodimlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida mas’ullarga vakant lavozimlarga o‘tkazilayotgan ochiq mustaqil tanlovlarni to‘g‘ri tashkil etish, nomzodlarning malaka talablarini o‘rganish, test va suhbat bosqichlari talablari, tanlov jarayonlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, shuningdek, yangi tashkil etilgan HRM.ARGOS.UZ platformasida ishlash, platformaga davlat fuqarolik xizmatchilarining ma’lumotlarini to‘g‘ri kiritish yuzasidan tushuncha berildi.

Muloqot davomida ishtirokchilar elektron tizimlarda ishlash, ochiq tanlovlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.