Vatan mening nigohimda

Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan tasviriy va amaliy san’at haftaligi doirasida “Vatan mening nigohimda” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Unda Samarqand ixtisoslashgan san’at maktabi tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchilari va o‘quvchilarining 120 dan ortiq asarlari namoyish etildi.
Ko‘rgazmada ijodkorlarning “Lola guli”, “Naturachi ayol”, “Tog‘ manzaralari”, “Bahor guli”, “Ko‘za ko‘targan”, “Shoxi Zinda”, “Qish”, “Samovarli” singari asarlarida xalqimizning boy tarixi, o‘zbekona turmush tarzining madhi rangli bo‘yoqlarda aks ettirilgan. Yosh mo‘yqalam ustalarining ijodini kuzatgan har bir tomoshabin beixtiyor tabiat jonlanganligiga guvoh bo‘ladi.
B.MUSTANOV.