«Vatanparvar» tashkil topganiga 29 yil to‘ldi

O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Nurobod tumani o‘quv sport-texnika klubida “Vatanim taqdiri - mening taqdirim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman markazidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida havo miltig‘idan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, «Vatanparvar» tashkiloti tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan sohaga o‘zining mehnati bilan samarali hissa qo‘shgan bir guruh ishchi-xodimlarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar topshirildi.
Bunday tadbirlar tumanning boshqa hududlaridagi maktab o‘quvchilari ishtirokida ham davom etmoqda.
Nigora JO‘RAYeVA.