Velosport bo‘yicha mamlakat chempionatining ilk g‘oliblari aniqlandi

Samarqand shahrida velosport shosse bo‘yicha U-23 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 100 nafar ishtirokchi 20 va 40 kilometr masofada bellashmoqda.
Bugun yakkalik guruhlar o‘rtasidagi poygalar nihoyasiga yetdi.
Natijalarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati terma jamoasi a’zolari shoxsupaga ko‘tarildi va Nikita Svetkov birinchi, Davirjon Abdurahmonov ikkinchi o‘rinni egalladi. Toshkent viloyati vakili Farrux Bobosherovga uchinchi o‘rin nasib etdi.