Vengriya vakillari bilan Samarqandda quyosh panellari ishlab chiqarish muhokama qilindi

Vengriya Bosh vaziri administratsiyasining iqtisodiy va strategiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Szoboszlai Zoltan va «Polyus» kompaniyasining bosh direktori Horvatx Laszlo Samarqand shahriga keldi.

Shahar hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari O.Mirzabekov, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov vengriyalik mehmonlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Samarqand shahrida kelgusida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh elektr stansiyalari qurish hamda quyosh panellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokarada Vengriyaning bu sohada katta tajribaga ega mutaxassislari va yirik korxonalari Samarqandga o‘rganish va loyihalarni amalga oshirish uchun yuborilishiga kelishib olindi.