Vengriya bilan kimyo sohasida hamkorlik qilamiz
![](https://static.zarnews.uz/crop/f/6/720__80_f645de1ede075900337ed9151cdb4af7.jpg?img=self&v=1588982006)
Suhbat chog‘ida viloyatimizda kimyo sohasini rivojlantirish, chiqindini qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
E.Turdimov Vengriya kompaniyasining Samarqandda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kimyo sohasi bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoit yaratib berilishini ta’kidladi.
Delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.