Viloyat bo‘yicha eksport qilingan tovarlar hajmi oshdi

Joriy yilning yanvar-iyul oyi davomida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan qiymati 662,1 mln. AQSh dollari miqdorida tovarlarning eksport bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 216,5 mln. AQSh dollarga yoki 48,6 foizga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
Eksport qilingan tovarlar asosan:
- meva-sabzavot mahsulotlari - 206,7 mln. AQSh dollari yoki 31,2 foiz;
- metall va ulardan tayyorlangan buyumlar – 106,5 mln. AQSh dollari yoki 16,1 foiz;
- oziq-ovqat mahsulotlari - 95,0 mln. AQSh dollari yoki 14,4 foiz;
- transport va qismlari - 75,9 mln. AQSh dollari yoki 11,5 foiz;
- to‘qimachilik mahsulotlari - 64,7 mln. AQSh dollari yoki 9,8 foiz;
- tamaki mahsulotlari - 50,3 mln. AQSh dollari yoki 7,6 foiz;
- tirik hayvonlar va ozuqalari - 16,0 mln. AQSh dollari yoki 2,4 foiz;
- tosh keramika va shisha buyumlar - 9,9 mln. AQSh dollari yoki 1,5 foiz;
- kimyo sanoati mahsulotlari - 8,1 mln. AQSh dollari yoki 1,2 foiz;
- elektrotexnika - 7,3 mln. AQSh dollari yoki 1,1 foiz;
- boshqa tovarlar – 21,7 mln. AQSh dollari yoki 3,2 foiz.