Viloyat hokimi simyog‘ochlar muammosini ko‘targan o‘quvchini mukofotladi
- 01.07.2019 11:54
- 1107
- Samarqand
Joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan uchrashuvda Samarqand tumanida yashovchi maktab o‘quvchisi Xurshid Xasanov Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi elektr simyog‘ochlarining ta’mirtalab holatga kelib qolganligi yuzasidan viloyat hokimi E.Turdimovga murojaat qildi.
Viloyat hokimi Xurshidga "Zalda murojaat qilganlarning aksariyati o‘zining muammosini aytdi, ammo sen maktab o‘quvchisi bo‘la turib ayni damdagi dolzarb masalani o‘rtaga tashlading, viloyat hokimligi tomonidan senga noutbuk sovg‘a qilaman" deya ta’kidladi. Xurshid Xasanovga kuni kecha "Mo‘jiza" amfiteatrida o‘tkazilgan galakonsert dasturida noutbuk sovg‘a qilindi. Biz ushbu yoshning kelajakdagi faoliyatiga ham zafarlar tilab qolamiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa