Viloyat hokimligi va aholi o‘rtasida “ko‘prik” yaratildi
Kengashi raisligiga “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi H.Normurodov tasdiqlangan.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomda belgilanishicha, jamoatchilik kengashi viloyat hokimligi tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, qarorlar, shuningdek, hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va fikri hisobga olinishini nazorat qiladi.
Hokimlik zimmasiga yuklangan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlari ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyiha va dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha viloyat hokimligi va mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Viloyat hokimligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, uni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Nizomda jamoatchilik kengashi nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun viloyat hokimligini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan «ko‘prik» rolini bajarishi belgilangan.