Viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, turizmni rivojlantirish bo‘yicha bajariladigan loyihalarning har biriga 50 million so‘mgacha pul ajratadi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “Mahalla va oilalarda sog‘lom turmush tarzini va aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda jamoatchilikni keng jalb qilish” mavzusida davlat grantlarini ajratish uchun 3-tanlovni E’LON QILADI.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini mahallalar, ta’lim-tarbiya muassasalarida keng targ‘ib qilish;
- mahallalar hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashning aniq choralarini amalga oshirish;
- toza havo, toza suv, toza o‘simlik, ularni asrab qolish, aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini amalga oshirish;
- viloyatda turizm sohasida yangi yo‘nalishlarni targ‘ib qilish, aholini ichki turizmga jalb etish orqali milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, turizm sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning tajribasini oshirishga ko‘maklashish;
- aholining ehtiyojmand qatlamlari, xotin-qizlar va yoshlarni iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi ko‘nikmalarini yuksaltirish orqali tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 (ellik) mln. so‘mgacha.
Hujjatlar 2022 yil 22 iyuldan 5 sentyabrgacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format):
140107, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi, 159 “A” uy manziliga “Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi” binosi (110-xona), “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga” deb ko‘rsatilgan tartibda yuborilishi shart.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 353-18-00.