Viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 20 iyun kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 17 iyunda qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, o‘n to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi 2025 yil 20 iyun kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbari E.Mamasoliyevning hisoboti;
- Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025 yilda maqbullashtirish natijasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun yagona tariflarni belgilash to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.