Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi fuqarolarda koronavirus belgilari paydo bo‘lganda zudlik bilan qayerga murojaat qilish kerakligini ma’lum qildi

Koronavirus belgilari sezilgan taqdirda fuqarolar hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, Samarqand shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, shahar 2-son, 4-son, 12-son oilaviy poliklinikalarida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar qabul qilinadi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Zarnews.uz’ga xabar berdi.

Bundan tashqari, tez tibbiy yordam (103)ga ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida tunu kun faoliyat yuritadigan shtab tashkil qilingan. Bu bo‘yicha savollar paydo bo‘lganda sog‘liqni saqlash boshqarmasining shtabda tashkil etilgan +998 66 234-99-48 raqamli telefoniga kunning istagan vaqtida qo‘ng‘iroq qilishlari va tegishli tavsiya hamda yordam olishlari mumkin.