Viloyatda 7 ming gektardan ortiq maydon auksionga qo‘yilmoqda
Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyatimizdagi bo‘sh turgan yer maydonlari e-ijara.uz tizimi orqali auksionga joylashtirildi (2022 yil 3 fevral 10:00 holatiga).
Bu haqda viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan maydoni 6 113,07 gektar bo‘lgan 525 ta;
“O‘zdaverloyiha" instituti tomonidan maydoni 1 223,72 gektar bo‘lgan 3 211 lotlar tayyorlandi.
Bugungi kunda maydoni 645,63 gektar bo‘lgan 2 625 ta lotlar e-auksion.uz savdo maydonchasiga joylashtirildi.
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik beriladi.