Viloyatda “Mehnat, harbiy vatanparvarlik yig‘ini” nomli loyihaga start berildi

Loyiha viloyat harbiy-ma’muriy sektori tashabbusi bilan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunar va tadbirkorlik sohasiga o‘qitish va sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Unda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, turli loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda kam ta’minlangan 80 nafar oila farzandlari ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar 25 oktyabrdan 1 noyabrga qadar  kichik mutahassislarni tayyorlash markazida bo‘ladi va loyiha asosida ma’naviy-ma’rifiy, jangovar mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlik mashg‘ulotlari, madaniy tadbirlar, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, sport musobaqalari, gala-konsert va turizm maskanlariga sayohatlar amalga oshiriladi.