Samarqandda yagona mobil javonga ega arxiv binosi - Past Darg‘omda

Past Darg‘om tumanida “O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligi” munosabati bilan yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi.

Binoning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov,  “O‘zarxiv” agentligi direktori M.Yusupov, tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyev, soha faxriylari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Yangi binoning qurilish-ta’mirlash ishlari uchun mahalliy byudjetdan 1 milliard 158 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflangan. Bino eng zamonaviy jihozlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan. Asosiysi, bino viloyatda yagona hisoblangan mobil javon bilan jihozlangan.

Bugun arxiv idorasida 71 ming 564 ta saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. 11 nafar xodim ishlaydigan idorada keyingi ikki yilda 952 saqlov birligida hujjatlarning 58 ming kadr elektron varianti yaratildi.

Tadbir davomida soha xodimlari va faxriylarga  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati