Elektron arxiv uskunasi Samarqandda sinovdan o‘tkaziladi

Davlat xizmatlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Germaniya davlatidan HICH-END V -SKANER LIZARD A2 kurilmasi keltirilib, viloyat FHDYo arxiviga o‘rnatildi. Mazkur qurilma orqali arxiv ma’lumotlarini nusxalash (skaner) orqali elektron arxiv shakllantiriladi. Endilikda fuqarolar arxiv ma’lumotlarini olish uchun haftalab vaqt sarflamasdan bir necha daqiqada kerakli axborotga ega bo‘lishadi. Mazkur loyiha Toshkent va Samarqand shaharlarida sinovdan o‘tkazilmoqda va bu yaxshi natija bersa, boshqa barcha viloyatlarga shu kabi uskunalar keltiriladi.    

Gulbahor RUSTAMOVA.