Viloyatimizda onkologik kasallar yiliga 100-150 kishiga ko‘paymoqda

Joriy yilda viloyatimizda 1 800 kishi saratonning turli ko‘rinishlariga chalingani qayd qilingan.  Bugungi kunda 9 mingdan ortiq onkologik bemorlar ro‘yxatga olingan. 

Ushbu raqamlar Respublika onkologiyaga ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali va shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda keltirildi.

Unda aytilishicha, bemorlar orasida eng ko‘p sut bezi va bachadon bo‘yni saratoni tarqalgan.

Onkologik kasalliklarning kelib chiqishiga, shu jumladan, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik, alkogol, kimyoviy o‘g‘itlar, tamaki chekish sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislar kasallikning erta aniqlanishi uning davolanishi imkonini oshirishi haqida eslatishmoqda.