Viloyatimizda tibbiy buyumlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi

Jumladan, joriy yilning 1 oktyabriga qadar Jomboy tumanida “FARMASAM  IMKON” MChJ tomonidan loyiha qiymati 4,6 mlrd. so‘mlik tibbiyotda qo‘llaniladigan alyumin qopqoqcha (Flipp-of) ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

2019 yil 1 iyulda Pastdarg‘om tumanida “FORTUNA URGUT MEDICAL” MChJ tomonidan loyiha qiymati 4,9 mln. dollarlik tibbiy buyumlar va dori-darmon vositalari ishlab chiqarila boshlaydi.

2019 yil 1 oktyabrga qadar Samarqand shahrida “Samarkand England Eco-Medical” qo‘shma korxonasi tomonidan, jami loyiha qiymati 10 mln. dollarlik infuzion eritmalar va antibiotiklar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.