Viloyatning eng faol nuroniysi kim bo‘ladi?
Samarqand shahridagi Shirin shaharchasini barpo etish direksiyasida “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi boshlandi.
Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan nuroniylar uch shart bo‘yicha mahallasida “Bir nuroniy - o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosida amalga oshirgan ishlarni namoyish etmoqda.
Tadbir avvalida Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Shuhrat Negmatovlar so‘zga chiqib, ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad nuroniylarni jamiyat hayotiga yanada faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarining tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o‘rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish ekanligini ta’kidladi.
- “Bir nuroniy - o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosida bugungi kunga qadar 7,5 ming nafar yoshlar ishli, kasb-hunarli bo‘ldi, - dedi Sh.Negmatov. - To‘rt mingdan ziyod notinch, ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi. Ayni paytda bu ishlar davom etmoqda va bugun mazkur tanlov g‘olibi bo‘lgan va tashabbuskor nuroniylar tajribasini mahallalarda joriy etish rejalashtirilgan.