Virusni yuqtirish holati asosan qayerda ko‘proq uchramoqda?

— Koronavirus infeksiyasidan kasallanish asosan karantin muassasalaridagilar orasida uchramoqda, - deb javob berdi Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bugun AOKA huzuridagi shtabda   o‘tkazilgan brifingda.

Bugungi kunda 85 ming nafar yurtdoshimiz karantinda. Ulardan:

- 16, 948 nafari - statsionar karantinda (kasalxona, sanatoriya, maxsus tayyorlangan joylar);

- 62, 408 nafari - uy sharoitidagi karantinda.

Bundan kelib chiqadiki, koronavirus aniqlangan hamma bemorlar ham maxsus izolyasiyalangan karantin hududlaridan emas.