Voyaga yetmagan aka-uka is gazidan zaharlanib vafot etdi
- 31.10.2020 22:20
- 312
- Hodisa
Navoiy viloyatida is gazidan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 30 oktyabr kuni soat 09:00 larda Navbahor tumani Paxtakor mahallasida yashagan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka uyining yotoqxonasiga o‘rnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan. Xabarga ko‘ra, ular kollej o‘quvchilari bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
"Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz", deya ogohlantirish bergan Bosh prokuratura.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa