Xaloskor jonivorlar
* 2024 yilda AQShda ro‘y bergan dovul katta vayronagarchilik va odamlar jabrlanishiga sabab bo‘ldi. Hayratlanarlisi shundaki, kulfat odamlar va jonivorlar o‘rtasida mehr kuchini ko‘rsatdi.
“Xelen” dovuli vayronasi ostida 11 yoshli bolakay tiqilib qoldi. U qanchalik yordam so‘rab qichqirmasin hech kim eshitmadi. Jala boshlandi, bola endi yo suv yutib, yo bo‘g‘ilib o‘lim topishi aniq edi. Shu lahzada uni sadoqatli iti qidirib keldi va qutqarib qoldi. Itni bolakay bir paytlar ko‘chadan topib olib uyga keltirgan edi.
***
Xo‘p, it insonni vafodor do‘sti, deylik. Ammo echkini odamlarni qutqarganiga nima deysiz?
2024 yilda bu jonivor AQSh milliy parkida ayiq hujumiga uchragan sayyohlarni qutqarib qoldi. Qattiq ma’ragan echkiga burilib qaragan ayiq bir zum to‘xtab qoldi. Bu vaqt odamlarni uning panjasiga tushishdan saqlab qolish uchun yetarli edi.
***
Odamlarga boshqa tuyoqlilar ham yordam bergan.
Hindistonning Karnatka shtatida buqasini sug‘orishga olib kelgan fermer o‘zi ham suvga tushadi. Shu payt timsoh unga hujum qilib, bilagiga chang soladi. Agar buqa yordamga kelib, uni timsoh changalidan qutqarib qolmaganda fermer unga yem bo‘lishi aniq edi. Fermer bir qo‘lidan ajralgan bo‘lsa-da tirik qolgandi.
T.Shomurodov tayyorladi.